Aliexpress'da trendda bo‘lgan super-arzon telefonlar: TOP-6

Aliexpress'da trendda bo‘lgan super-arzon telefonlar: TOP-6

Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda ham eski Nokia 3310 Aliexpress savdo platformasi orqali tez-tez buyurtma qilinayotgan telefonlar safida yetakchi ekan. Shuningdek, uning safdoshlari orasida yaxshi gadjetlar ham bor. Nega Xitoy smartfonlarini xarid qilish kerak degan savolga quyidagicha javob beramiz:

1. Ular arzon va aksariyati juda pishiq, sifatli: 80 dollarga ham IPS-displey, yaxshi protsessorga ega smartfon xarid qilish mumkin.  

2. Hech bo‘lmaganda yonizda qo‘shimcha telefon bo‘lib turadi. Ularga 2 ta sim-karta qo‘yish mumkin.

3. Pulga achinmaysiz. iPhone displeyining ta’miriga ketadigan pulga Aliexpress'dan 5 tagacha Xitoy smartfoni olish mumkin. Mutaxassislar smartfondan ayrilish odamga juda katta ta’sir qilishini aytishadi. Xitoy smartfonlari arzon bo‘lgani bois, baxtsiz hodisa tufayli ulardan ayrilish salomatlikka ta’sir qilmaydi.

Quyida ayni paytda Aliexpress'da trendda bo‘lgan smartfonlar bilan tanishamiz.

HOMTOM HT7:

O‘ta pishiq xomashyodan tayyorlangan orqa panel va 5.5 dyuymli, HD sig‘imli sifatli IPS-ekran, 3000 mA soat batareya, sifati bilan xafa qilmaydigan 8 MP bosh kameraga ega smartfon. Xitoyda uni "ishlatsa bo‘ladigan eng arzon yaxshi mobil telefon" deyishadi. 

Smartfonning tezkor xotirasi 1 GB, doimiy xotirasi 8 GB.  

Narxi: 60 AQSh dollaridan.


VKWORLD F1:

Super-hamyonbop bu smartfon ko‘rinishidan Samsung Galaxy dizaynini eslatib yuboradi. Telefon flagmanlar kabi yupqa korpus, 4,5 dyuymli IPS-displey, orqa paneldagi dinamik, 1 gigabaytli tezkor xotiraga ega. 

Batareya sig‘imi 1850 mA soat. Bu quvvat bilan smartfon 1 kunga turib beradi.

Narxi: 48 AQSh dollari.

HOMTOM HT3:

iPhone 6 flagmaniga xos dizaynni xush ko‘ruvchilar uchun maxsus ishlab chiqarilgan, desa ham bo‘ladi. Displeyning qayrilma dizayni, 3000 mA soat batareyaning to‘liq quvvat bilan 3 kun "jon saqlashi", IPS-matritsali ekran, 8 megapikselli bosh kamera, 1 GB tezkor va 8 GB xotira smartfonga qo‘yilgan narxni to‘liq oqlaydi.

Narxi: 60 AQSh dollari.


"Qayta tug‘ilgan"  iPhone 4:

Tinim bilmas xitoyliklar qanday qilib iPhone 4 yaratish mumkinligiga diqqat qilib, bu ishni uddalashibdi. Siz ko‘rib turgan smartfon ayfonning 4-avlodi bilan bir xil. Hattoki, smartfon iOS tizimida, aniqrog‘i iOS 5 yoki 6'da ishlaydi! To‘g‘ri, u zavoddan chiqqan yap-yangi smartfon emas. 

Ammo, sizdan boshqa hech kim qo‘lingizda chinakam ayfon turganiga shubha qilmaydi. U o‘z nomi bilan boshqa barcha "xitoylik" smartfonlarni ortda qoldiradi. Bilasiz, Apple bu gadjetni aslida 6 yil avval taqdim qilgan edi.  Shu bois, "uchib" ishlamasligi mumkin.

Narxi: 90 AQSh dollarigacha.

Nokia 3310:

Deyarli yap-yangi, faqat qayta tiklangan -- korpus almashgan. Nokia 3310’ning ommalashuvi sabablaridan eng muhimlari qatorida mustahkamligi va ishonchliligini sanab o‘tish mumkin. Nokia 3310 akkumulyatori 900 mA/soat sig‘imga ega edi. Uning quvvati so‘zlashuv rejimida 2,5 soatgacha, kutish rejimida esa 55 soatgacha yetadi.

Motorola RAZR V3:

Garchi, bu -- naq afsonaviy smarftonning o‘zi bo‘lmasa ham, dizayni va uning ishlash salohiyati hamda imkoniyatlari originalidan qolishmaydi. Unga ega bo‘lish uchun esa 35 AQSh dollari sarflash kerak, xolos.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!