Alisher Usmanov yurtimizdagi aloqa operatorlaridan birini xarid qilishi mumkin

Alisher Usmanov yurtimizdagi aloqa operatorlaridan birini xarid qilishi mumkin

Alisher Usmanovga tegishli USM Holdings kompaniyasi O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatuvchi Coscom (Ucell savdo belgisi) aloqa kompaniyasini xarid qilishi mumkin. Bu to‘g‘rida CNews nashri xabar tarqatmoqda.

Nashr manbaalarining xabar berishicha, USM Holdings shu kunlarda Shvedsiyaning Telia kompaniyasi bilan Coscom operatorini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ucell abonentar soni bo‘yicha O‘zbekiston hududidagi ikkinchi eng yirik operator hisoblanadi. 2017 yilning boshida kompaniya 9,1 mln nafar abonentga xizmat ko‘rsatgan.

Shuningdek, 2015 yilning oxirida Telia kompaniyasi o‘zining MDH davlatlari tarkibiga kiruvchi «Yevraziya» hududidagi, shuningdek Gruziya va Nepaldagi aktivlarini sotishini ma’lum qilgan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!