Alisher Usmonov: “Kibersport meni umuman qiziqtirmaydi”

Alisher Usmonov: “Kibersport meni umuman qiziqtirmaydi”

Rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovni kibersport umuman qiziqtirmaydi. Bu haqda uning o‘zi Forbes Rossiya’ga bergan intervyusida aytgan.

Usmonov Esforce kibersport loyihasi uchun 2015 yilda bir necha o‘n million dollar sarmoya kiritgan va 2018 yilning boshida Mail.Ru Group Esforce uchun 100 million dollar to‘lagan, endi esa milliarder bu yo‘nalishda manfaatdor emas.

Mening bir qancha yosh tadbirkorlarim biror loyiha topadi va bu loyihalar qiziqarli bo‘ladi deb aytishadi. Men ularga pul beraman, ular sarmoya kiritadilar. E-sport mendan ko‘ra Mail.Ru Group uchun foydalidir. U yerda kiber o‘yinlar o‘ynaydigan kishilar “o‘tirishadi”.  Meni kibersport umuman qiziqtirmaydi,–deydi   Usmonov.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki,  Alisher Usmonov Mail.Ru Group’dagi o‘z ulushini kompaniya bosh direktori Boris Dobrodeyev boshqaruviga o‘tkazib bergan edi. Ya’ni Mail.Ru Group direktorlar kengashida uning nomidan aynan Boris Dobrodeyev ovoz beradi. Bu esa A.Usmonovning kompaniya ustidan nazoratni qo‘ldan boy berganini anglatadi. Shuningdek, Alisher Usmonov 2012 yilda «VKontakte», 2016 yilda esa o‘zining USM Holdings kompaniyasidagi nazoratidan menejment foydasiga voz kechgan edi.

O‘QING: Alisher Usmonov kutilmaganda Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!