Alisher Usmonov kutilmaganda Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi

  •   DiMaX
  •  433
  •  22.10.2018 15:20

Alisher Usmonov kutilmaganda Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya milliarderi, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov kutilmagan ishga qo‘l urdi. Biznesmen Mail.Ru Group’dagi o‘z ulushini kompaniya bosh direktori Boris Dobrodeyev boshqaruviga o‘tkazib berdi.

O‘QING: Alisher Usmonovga tegishli MegaFon kompaniyasi Uzmobile bilan kelishuv imzoladi

Bundan keyin Mail.Ru Group direktorlar kengashida uning nomidan aynan Boris Dobrodeyev ovoz beradi. Bu esa A.Usmonovning kompaniya ustidan nazoratni qo‘ldan boy berganini anglatadi. Shu bilan birga, Mail.Ru Group iqtisodiy tuzilishida qandaydir o‘zgarish yuz bermaydi, demoqda manbalar.

Boris Dobrodeyev

Aytish kerakki, Alisher Usmonov 2012 yilda «VKontakte», 2016 yilda esa o‘zining USM Holdings kompaniyasidagi nazoratidan menejment foydasiga voz kechgan edi.

Kuzatuvchilarning taxminlariga ko‘ra, Alisher Usmonov shu yo‘l bilan AQSh tomonidan tayyorlanayotgan sanksiyalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turli ma’lumotlarga qaraganda, AQSh Rojdestvo arafasida bir qator rossiyalik milliarderlarga nisbatan shaxsiy sanksiyalarni qo‘llashi mumkin. Agarda A.Usmonovga nisbatan ham shunday sanksiya qo‘llansa, bu hol uning nazoratidagi kompaniyalarni qiyin ahvolga solib qo‘yishi turgan gap. Shu bois milliarder o‘z nazoratidagi ulushini boshqalarga o‘tkazib, Mail.Ru Group’ni qiyinchiliklardan saqlab qolishni ko‘zlayotgan bo‘lishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Alisher Usmonov eng yaxshi stiker, karikatura, parodiya uchun har hafta bitta iPhone 7 Plus sovg‘a qiladi