Amazon kapitalizatsiyasi va Jeff Bezosning boyligi tarixiy maksimumga yetdi

  •   DiMaX
  •  831
  •  08.07.2020 12:00

Amazon kapitalizatsiyasi va Jeff Bezosning boyligi tarixiy maksimumga yetdi

AQShlik ishbilarmon, Amazon internet-do‘koni egasi Jeff Bezos Yer yuzidagi ilk bir trillion dollar boylikka ega inson bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandik. Sof.uz nashri xabariga ko‘ra, vaziyat chindan ham shu yo‘nalishda ketyapti.

O‘QING: Pandemiya davrida Bezos, Sukerberg, Geyts va boshqalar yanada boyib ketishdi

6 iyul kungi savdolarda Amerikaning eng yirik onlayn chakana savdogari Amazon shirkatining kotirovkalari 4 foizdan ko‘proqqa o‘sdi, deyiladi unda. Nasdaq birjasida kompaniya aksiyalari narxi ilk bora $3000 dan oshdi, shirkatning umumiy bahosi esa 1,5 trillion dollarga yetdi.

Amazon rahbari Jeff Bezos o‘z boyligini 172 milliard dollarga yetkazdi. Real vaqt rejimida milliarderlar reytingini ko‘rsatuvchi Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Bu esa rekord ko‘rsatkichdir: bunga qadar milliarderning boyligi eng ko‘pi $167,7 mlrd. ga yetgan edi. Bu voqea 2018 yilning 4 sentyabrida bo‘lgan va undan keyin Bezos rafiqasi bilan ajrashdi va boyligining bir qismini yo‘qotdi.

Amazon kotirovkalarining o‘sishi ko‘plab tahlilchilarni ham hayratda qoldirdi. Pandemiyaga qaramay, kompaniya yil boshidan beri 60 foizdan ortiqroqqa qimmatladi.

O‘QING: Jeff Bezos tashlagan besh qadam yoki Amazon qanday qilib 1 trillion dollarlik kompaniyaga aylangani haqida

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.