Amazon rahbari nega bu balandlikda shisha sindirdi?

Amazon rahbari nega bu balandlikda shisha sindirdi?

20 oktyabr kuni Amazon kompaniyasi asoschisi va rahbari, jahonning eng boy kishilaridan biri Jeff Bezos o‘zining Tvitter tarmog‘idagi sahifasiga noodatiy video tasvirni joylashtirdi. Videoda Bezos ulkan shamol tegirmoni ustida shampan vinosi idishini sindirgan.

Shamol fermalari — bu Amazon kompaniyasining bir muddat avval e’lon qilgan loyihalaridan biri. Loyiha kompaniyaning elektrga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ko‘zlaydi. Bu quvvat esa tabiatga zarar yetkazmagan holda, qayta tiklanuvchi manbaalar evaziga olinadi.

Amazon sayyoramizdagi tabiatga zarar yetkazish evaziga tabiiy boyliklarni sarflashga qarshi bo‘lgan yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniya so‘nggi yillarda quvvat manbaining qayta tiklanuvchi muqobilidan foydalanishga diqqat qaratmoqda.

Shuningdek, Apple ham qayta tiklanuvchi quvvat manbaalaridan foylanish maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlaydigan markazlari uchun zarur quvvatni 100 foiz, korporatsiyaning jahon bo‘ylab joylashgan ofislari uchun zarur elektr quvvatining 96 foizini quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalar ishlab chiqarishini ma’lum qilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!