Android 10 va uchtalik kamerali, «beli baquvvat» va zamonaviy smartfon – atigi 60 dollarga!

  •   DiMaX
  •  2183
  •  24.04.2020 13:12

Android 10 va uchtalik kamerali, «beli baquvvat» va zamonaviy smartfon – atigi 60 dollarga!

Xitoylik kompaniya o‘zining Doogee X95 rusumli yangi smartfonini namoyish etdi. Narxi atigi 59,99 AQSh dollariga teng bo‘lgan ushbu qurilmaning texnik jihatlariga razm solamiz.

O‘QING: X — xaypojorlar. Kim iPhone X’ dan nusxa ko‘chirayapti?

Doogee X95 birmuncha qimmat smartfonlarda uchraydigan anchagina zamonaviy dizaynga ega. Uning 6,52 dyuymlik LCD-displeyi tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatida bo‘lib, HD+ formatida tasvir uzatadi. Ekranning maksimal yorqinligi – 600 kd/m2; uning ustiga Gorilla Glass (versiyasi aniq ko‘rsatilmagan) himoya shishasi yotqizilgan.

Smartfonga hozirgi aktual – Android 10 operatsion tizim talqini o‘rnatilgan holda chiqarishgan. Uning bosh kamerasiga 13, 2 va 2 megapiksellik datchiklar kiradi va ikki karralik zumga ega. Selfi-kamera esa 5 megapiksellik aniqlikda.

Doogee X95 apparat ta’minoti ham narxiga yarasha: MediaTek MT6737 protsessori, 2 gigabaytlik tezkor va 32 gigabaytlik ichki xotira. Lekin uning akkumulyatori ancha sig‘imdor – 4350 mA/soatlik bo‘lib, yana 10 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

O‘QING: DIQQAT: ushbu kompaniyalarning BARChA smartfonlariga boshidanoq xavfli virus joylangan!