Android 14'ning ilk prevyu versiyasi chiqarildi!

Android 14'ning ilk prevyu versiyasi chiqarildi!

Google o'zining Android operatsion tizimining navbatdagi katta yangi versiyasi, Android 14'ning ilk prevyu (oldindan ko'rish) versiyasini chiqardi.

Ma'lum bo'lishicha, yangi versiya yanada kattaroq fontlar, har bir ilova uchun til sozlamalari, grammatikada ovozning o'zgarishini qo'llab-quvvatlash, xavfsizlik masalasida ilovalarni bloklash va boshqa turli o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Bular haqida batafsil keyingi maqolamizda tanishishingiz mumkin.

Ta'kidlash joizki, ushbu DP1 versiya faqat ishlab chiquvchilar yoxud dasturchilar uchun bo'lib, u kundalik foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Albatta, unda juda ko'p xatoliklar bo'ladi va Google ushbu masalalarda bir necha oy dasturchilar fikr-mulohazalari bilan tanishadi, tuzatishlar kiritiladi. Agar muammolarga duch kelishdan qo'rqmasangiz, Android 14'ni hoziroq sinab ko'rishingiz mumkin. Faqat uni qo'lda yuklab olish kerak bo'ladi. Ammo, agar siz smartfoningiz barqaror holatda ishlashiga odatlangan bo'lsangiz, Android 14'ning to‘liq versiyasini kutganingiz ma'qul.

Yuqoridagi vaqt jadvaliga qaraydigan bo'lsak, Android 14'ning ommaviy beta versiyasi aprel oyida chiqariladi. Barqaror versiya esa iyul oyidan keyin katta ehtimol bilan avgustda chiqarilishi kutilmoqda.

Hozirda Android 14'ning Developer Preview versiyasi Pixel 4a 5G, Pixel 5, Pixel 5a, Pixel 6, Pixel 6 Pro, Pixel 6a, Pixel 7 va Pixel 7 Pro, shular bilan bir qatorda, Android emulyatori uchun mavjud. Yangi versiya 2023-yilning fevral oyi xavfsizlik yangilanishi bilan keladi.

O'QING: Microsoft ChatGPT bilan kuchaytirilgan Bing qidiruv tizimining yangi versiyasini taqdim qildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!