Android 2016 yilning eng zaif operatsion tizimi deb topildi

Android 2016 yilning eng zaif operatsion tizimi deb topildi

CVE Details agentligi o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, Google kompaniyasiga tegishli Android platformasi 2016 yilning eng zaif, xavfsiz bo‘lmagan operatsion tizimi deb topildi, deya xabar bermoqda Phonearena nashri. O‘tgan yilda mazkur operatsion tizimda jami 523 ta xato aniqlangan.

Apple`ga qarashli iOS operatsion tizimi esa 161 ta tag bilan ro‘yxatning 15 pog‘onasidan o‘rin oldi. Eng qizig‘i, 2015 yilda iOS tizimi 387 ta xato bilan reytingda ikkinchi bo‘lib kelgan edi.

CVE Details xabarida aytilishicha, 2016 yilga oid reytingni tuzishda mobil operatsion tizimning barqarorligi, uning tashqi hujumlardan himoyalanganligi, shaxsiy ma’lumot va fayllarning ishonchli saqlanishi kabi omillar hisobga olingan.

Apple kompaniyasiga tegishli watchOS dasturi ham bu gal ushbu reytingdan joy oldi (35 o‘rin, 77 bag).

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.