Android 8.0 Oreo’gacha yangilanadigan Samsung smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

  •   Saroy
  •  3732
  •  26.06.2018 14:49

Android 8.0 Oreo’gacha yangilanadigan Samsung smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan Gizchina portalida yaqin orada OS Android 8.0 Oreo’gacha yangilanadigan Samsung smartfonlari ro‘yxati paydo bo‘ldi. Xabar Samsung’ning Turkiyadagi rasmiy saytidan olingan.

Suratga qaraganda, Android 8.0 gacha yangilanadigan smartfolar ro‘yxatidan o‘tgan yilda chiqqan arzon, o‘rta narx va qimmat, jumladan A, J va S seriyasidagi apparatlar joy olgan. Ular orasida hatto  Pro qo‘shimchasi bor modellarni ham uchratasiz. Ularning chiqishi borasida gap ketadigan bo‘lsa, bunga iyul oyi belgilangan bo‘lib, yanayam aniqrog‘i, 6 iyuldan 13 chi iyulgacha keladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S10’ ga ko‘z yoyi skanerini o‘rnatmaydigan bo‘ldi

Shuni ham ta’kidlash joizki, ushbu ma’lumot Turkiyada juda dolzarb sanaladi. Ammo, apdeytdan so‘ng bu yerda OS Android 8.0 Oreo’gacha yangilanish yuz beradi, zero bu smartfonlar Yevropaning boshqa davlatlari uchun hamdir. Bu ishlar qachon yuz berishi borasida barchaning fikri deyarli bir xil, ya’ni  Samsung buni cho‘zib o‘tirmadi.

O‘QING: Samsung’dan 350 millionta smartfon: bu rejami yoki orzu?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!