Android 8.0 Oreo’gacha yangilanuvchi Huawei smartfonlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  1100
  •  29.06.2018 17:35

Android 8.0 Oreo’gacha yangilanuvchi Huawei smartfonlari ro‘yxati

Dunyoning uchinchi raqamli smartfonsozi o‘zining mobil telefonlarini yangi proshivka bilan ta’minlashda davom etmoqda. Huawei bugun Android operatsion tizimining 8 – Oreo talqinigacha yangilanadigan smartfonlarini ma’lum qildi.

O‘QING: Ofarin! Huawei liderga aylandi

Yaqinda xitoylik texnogigantning Huawei Mate 10 Lite hamda Huawei P10 Lite smartfonlari Android Oreo bazasidagi dasturiy ta’minotni qabul qila boshlagan edi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 30 iyundan uning yana bir nechta modeldagi telefonlari ushbu talqindagi operatsion tizimga asoslangan EMUI 8.0 grafik qobig‘igacha yangilanadi.

Bular Huawei Mate 8, Huawei P9, Huawei 9 Plus, Honor 8, Honor V8, Honor Note 8 hamda Honor Play 6X modellaridir. Ta’kidlash o‘rinliki, smartfonsoz hatto salkam uch yil avval taqdim etilgan Mate 8 qurilmalari uchun ham yangi proshivka ishlab chiqqan.

O‘QING: Huawei hozirgilaridan naq ikki karra kuchli protsessor tayyorlamoqda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.