Android 9.0 P Developer Preview chiqishiga oz qoldi!

  •   DiMaX
  •  1249
  •  01.02.2018 17:09

Android 9.0 P Developer Preview chiqishiga oz qoldi!

O‘tgan yili Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining Android 8.0 Oreo Developer Preview talqinini bahorning boshida – yangilanishlar rasman taqdim etilishidan anchagina oldin chiqargan edi. Kuzatuvchilarning fikricha, bu yil ham shu holat takrorlanishi, ya’ni tez orada Android 9.0 P Developer Preview chiqarilishi mumkin.

O‘QING: Hoziroq Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan smartfonlar ro‘yxati!

Mazkur taxminga sabab bo‘lgan omil – Android Open Source Project repozitoriylaridan birida joylangan quyidagi yozuv bo‘ladi:

Oldinlari Google operatsion tizimning Developer-versiyalarini bunaqa bayonotlar bilan e’lon qilmas, shunchaki proshivkalar namunalarini serverlariga joylab qo‘yaverar edi.

Shuningdek, ilk Developer Preview talqinlarda biror jiddiy yangilik ham bo‘lmasligi odat tusiga kirgan. Shu bois, Android 9.0 P Developer Preview versiyasidan ham katta o‘zgarishlar kutmasa bo‘ladi.

O‘QING: Android 9.0 P tizimli Google Pixel 3 flagmanini tomosha qilamiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!