Android 9 tizimining kodli nomi aniqlandi

  •   DiMaX
  •  1628
  •  14.02.2018 15:28

Android 9 tizimining kodli nomi aniqlandi

Google kompaniyasi taqdim etib kelayotgan mobil operatsion tizimning navbatdagi – Android 9.0 talqini yaqin orada taqdim etilishi kerak. Uning qanday nomlanishi borasida esa turli variantlar aytilib kelayotir.

O‘QING: Android 9.0 P Developer Preview chiqishiga oz qoldi!

Operatsion tizimning Android 9.0 talqini nomi borasida taxmin qilingan variantlar orasida quyidagilar ham mavjud: Petit Four, Pound Cake, Pastille, Popsicle, Pancake, Puff Pastry, Pecan Pie, Pumpkin Pie, Peanut, Pistachio va hokazo.

Joriy yilning yanvarida ma’lum bo‘lishicha, Android’ning chiqish kodida operatsion tizimning navbatdagi talqini Android Pi deya atalayotgan edi. Ushbu tizim hamisha turli shirinliklar nomi bilan atalib kelayotganini hisobga olib, uning «pirog» – «Pie» deya nomlanishini taxmin qilishgandi.

Endi esa, vaziyatdan yaxshi xabardor manbalarning ta’kidlashlaricha, Android 9.0 talqinini pistali muzqaymoq sharafiga nomlashyapti ekan. Ya’ni, mazkur mobil operatsion tizimning to‘qqizinchi talqini «Pistachio Ice Cream» deb ataladi.

O‘QING: Android haqida siz bilmagan faktlar

Ta’kidlab o‘tish kerakki, oldindan taxmin qilingan kodli nom hamisha ham yakuniysi bilan bir xil chiqavermaydi. Masalan, dastlab Android Key Lime Pie deb atalgan talqin Android KitKat nomi bilan taqdim etilgan.

Manbalarning ma’lum qilishlaricha, Android 9.0 smartfon va planshetlarning avtonomligini yuksaltiradi va yangi dizaynga ega. Xususan, bir necha ekranli hamda egiluvchan displeyli qurilmalarga ham moslanadi.

O‘QING: Android 9.0 P tizimli Google Pixel 3 flagmanini tomosha qilamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!