Android foydalanuvchilari ehtiyot bo‘ling, pulingizni o‘g‘irlashadi!

  •   Saroy
  •  853
  •  29.06.2018 14:19

Android foydalanuvchilari ehtiyot bo‘ling, pulingizni o‘g‘irlashadi!

AsiaHitGroup nomi bilan tanilgan qonunbuzarlar guruhi,  shu yilning o‘zidayoq Google Play’da firibgarlik ilovasining uchunchi to‘lqinini tarqatishga ulgurishdi. Bu safar xakerlar fonli (foydalanuvchilarga ko‘rinmaydigan) push-bildirgidan foydalanishgan, maqsad, jabrlanuvchini mobil mukofotga rozi qilish.

Hujum McAfee kompaniyasi ekspertlari tomonidan fosh etilgan. Ular Google Play’da zararli funksional Sonvpay.C.ni aniqlashgan.   Zararli dasturiy ta’minot 15 ta turli ilovalar ko‘rinishida yashiringan bo‘lib,  turli, Wi-Fi’ ga ulanishning  mobil nuqtasidan to   QR-kod skanerigacha bo‘lgan usullarni o‘zida jamlagan. McAfee’ning fikricha, juda ko‘p zararli ilovalar 50 000 dan ko‘p bor yuklangan va ehtimolki,  AsiaHitGroup ushbu firibgarligi orqasidan 145 ming dollar ishlab olgan.

O‘qing: Wi-Fi uchun o‘n yil davomida eng yirik yangilanish

Hujum Rossiyu, Tailand va Malayziyaga qaratilgan, boshqa davlat foydalanuvchilariga tegishli emas. Hozirda zararli dasturiy ta’minot do‘kondan olib tashlangan, biroq McAfee’ning ta’kidlashicha, ushbu verus mashhur  Despacito ringtoni ko‘rinishida yana paydo bo‘lgan.

Xabarda ta’kidlanadiki, Google Play’dan yuklab olingan va fosh etilgan ilova ishchi ilova edi, biroq Sonvpay funksionali ilovaning qalbaki shaklida namoyon bo‘lgan.

Hatto, agar jabrlanuvchi firibgarlik bo‘layotganini his qil qilib turgan bo‘lsa-da, lekin yagona “o‘tkazib yuboring” tugmasini bosmasa, uni baribir pullik xizmat toifasiga o‘tkazib qo‘ygan. Buning uchun WAP-billing va  SMS frod’dan foydalangan . Bu esa, mobil hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ yechib olish imkoniyatini beradi va shu bilan birga, foydalanuvchilar xabarlar uzatish tarixida hech narsani sezmaydilar.

O‘QING: Xakerlar baribir Apple’dan ustun kelishdi!