Android’ning avval ma’lum bo‘lmagan oltita foydali funksiyasi

  •   Saroy
  •  3080
  •  21.05.2018 17:05

Android’ning avval ma’lum bo‘lmagan oltita foydali funksiyasi

Android platformasida ishlaydigan smartfon foydalanuvchilari uchun ko‘plab foydali funksiyalar mavjud,  shularning bittasi o‘zida o‘rnatilgan qora ro‘yxat hisoblanadi.

Mazkur ro‘yxatga foydalanuvchi xush ko‘rmaydigan yoki kerak bo‘lmagan telefon raqamlari kiritib qo‘yiladi. Buning uchun, aloqa parametrlariga kirib, «Golosovaya pochta» funksiyasini tanlash lozim va shundan keyin abonent sizga qo‘ng‘iroq qila olmaydi.

O‘QING: Android’da pullik ilovani tekinga oling

 Ikkinchi foydali funksiya, bu smartfonga o‘rnatilgan keraksiz xabar va reklamalarni ko‘rsatib turuvchi ilovalarni o‘chirib qo‘yish imkoniyati. Buning uchun  «push»ni ushlab turish va  «Prilojeniya» menyusiga kirish lozim.

Yana ko‘pchilik foydalanuvchilar, «O telefone» sozlagich punktidagi «Versiya Android» satrini tez-tez bossa o‘yin-pasxalka paydo bo‘lishini ham bilmaydi.  O‘yinni  unchalik eski bo‘lmagan Android 2.3 Gingerbread versiyali gadjetlarga o‘rnatsa bo‘ladi.  Shuningdek, Android mutaxassislari «Ekonomiya energii» funksiyasi haqida ham ma’lum qilishdi. Batareya quvvati 20-30 foiz atrofida bo‘lib turish uchun, ish stoliga qora zastavka o‘rnatilsa kifoya qilarkan.

Bundan tashqari,  mutaxassislar smartfonlarda mavjud bo‘lgan mehmonxona rejimi haqida aytishmoqda. Uni faollashtirish uchun shtorkani surish, apparat egasining avatarli ikonkasini tanlash va «Dobavit gostya»ni qo‘shish kerak. Shu yo‘l bilan telefon foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari tashqi nigohlardan yashiringan bo‘ladi.

O‘QING: Android 9 tizimining kodli nomi aniqlandi

Shu bilan birga, ko‘pchillik  foydalanuvchilar «shtorka»ni ishlatish noqulayligini ta’kidlashadi, chunki uni ikki marta cho‘zish kerak bo‘ladi.  «Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ushbu jihat OS yaratuvchilari uchun oldindan hisobga olingan ekan, ya’ni displeyda shtorka darhol, butunligicha paydo bo‘lishi uchun uni ikki barmoq bilan ushlab turish yetarli bo‘lar ekan.

Darvoqe, O‘zbekistonda Android’da ishlaydigan smartfonlar arzonlashishda davom etmoqda. Masalan,  Xiaomi brendining eng zo‘r smartfonlaridan biri Redmi’ning narxi qariyb to‘rtdan biriga arzonlashib, 1 175 000 so‘mga sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.