Android P beta-versiyasi chiqdi. Qaysi smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatish mumkin?

  •   DiMaX
  •  2096
  •  09.05.2018 09:46

Android P beta-versiyasi chiqdi. Qaysi smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatish mumkin?

Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining to‘qqizinchi – Android P talqinini tayyorlamoqda. Uning birinchi beta-versiyasini ikki oycha avval sinovchilar ixtiyoriga topshirgan edi, kuni kecha esa navbatdagi – ikkinchi beta-versiyasi ham taqdim etildi.

O‘QING: Android 9.0 P Developer Preview chiqishiga oz qoldi!

Android P ilk beta-versiyasini faqatgina birinchi va ikkinchi avlod Pixel smartfonlari egalari sinab ko‘rishlari mumkin bo‘lgan bo‘lsa, yangi talqin yana boshqa ishlab chiqaruvchilarning bir nechta modellari uchun ham taqdim etildi.

Mana, Android P ikkinchi beta-versiyasini o‘rnatish mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Sony Xperia XZ2
  2. Xiaomi Mi Mix 2S
  3. Nokia 7 Plus
  4. Oppo R15 Pro
  5. Vivo X21
  6. OnePlus 6
  7. Essential PH-1
  8. Google Pixel
  9. Google Pixel XL
  10. Google Pixel 2
  11. Google Pixel 2 XL

Agar siz mana shu modellardan birini ishlatayotgan bo‘lsangiz, u holda Android P beta-sinov dasturida ishtirok etishingiz mumkin. Buning uchun mana bu havola orqali Android Beta saytiga o‘tishingiz va shartlarni qabul qilishingiz lozim. So‘ng smartfoningizda yangilanishlarni tekshirib ko‘rasiz va ularni o‘rnatib olasiz. Android P beta-versiyasini o‘rnatishda smartfoningizdagi barcha foydalanuvchi ma’lumotlari va sozlamalari saqlanib qoladi.

O‘QING: Android 9.0 P tizimli Google Pixel 3 flagmanini tomosha qilamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!