Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

  •   DiMaX
  •  2448
  •  08.11.2017 11:50

Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

Xavfsizlik tizimlari taqdim etuvchi Rossiyadagi «Vokord» kompaniyasi o‘zining yuzni tanish tizimini yaratdi. Bu xususda kompaniyaning saytida ma’lumot e’lon qilingan.

Xabarga ko‘ra, VOCORD Android SDK deb nomlanuvchi ushbu tizim asosida faqat dasturiy ta’minot yotadi. Ya’ni, uning ishlashi uchun, «yubiley ayfoni»dagi Face ID kabi alohida datchiklar va kameralar to‘plami talab etilmaydi.

O‘QING: "Face ID"ga ega ilk android -- Vivo X20 taqdim qilindi

«Vokord» kompaniyasining mahsuloti allaqachon NIST va MegaFace testlaridan o‘tgan va, yuzni tanish aniqligining yuqoriligi sababli, dunyoda eng yaxshisi, deb tan olingan. Yangi tizimning soddaligi va arzonligi uni nafaqat Android tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi mobil elektronika qurilmalariga, balki bankomatlarga, to‘lov terminallariga va tashkilotlardagi nazorat-o‘tish tizimlariga ham joriy etish imkonini beradi.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonda iPhone X’dagidek Face ID’ni faollashtiramiz!

VOCORD Android SDK yaratuvchilari uning bir jihatiga urg‘u berishmoqda – mazkur mahsulotning barqaror ishlashi uchun internetga ulanishning aslo keragi yo‘q. Foydalanuvchining yuzini tanish uchun amalga oshiriladigan barcha harakatlar qurilmaning o‘zidagina amalga oshiriladi. Internetga ulanish esa biometrik ma’lumotlarni yangilash uchungina kerak bo‘lishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.