Android va iOS uchun Telegram 5.4 taqdim etildi: yangi imkoniyatlardan bahra oling! (+video)

  •   DiMaX
  •  2019
  •  27.02.2019 17:32

Android va iOS uchun Telegram 5.4 taqdim etildi: yangi imkoniyatlardan bahra oling! (+video)

Telegram servisi o‘zining har ikkala mobil platformaga mo‘ljallangan ilovalarini 5.4-versiyaga qadar yangiladi. Messenjer bir qator yangi funksiyalarga ega bo‘ldi, shuningdek, Android-kliyentda avvaldan mavjud ayrim imkoniyatlar iOS-gadjetlar uchun ham joriy etildi.

O‘QING: Telegram'da siz uchun foydali botlar

Telegram 5.4 talqinida quyidagi yangiliklar joriy etildi:

1. Videoroliklarning avtomatik ishga tushishi yo‘lga qo‘yildi. Chatda ular dastlab ovozsiz tarzda ijro etila boshlaydi, tovushini chiqarish uchun esa smartfondagi ovozni ko‘tarish tugmachasiga bosasiz.

2. Ilovaning sozlamalarida fayllar, tasvirlar va videolarning avtomatik yuklanishini batafsil sozlash imkoni paydo bo‘ldi. Endi ularni hajmiga qarab, shuningdek, ayni paytda mobil internetdan yoki Wi-Fi tarmog‘idan kirayotganingizdan kelib chiqib sozlab qo‘yish mumkin.

O‘QING: Telegram'ning ko‘pchilik bilmaydigan sirlari

3. Messenjerning Android-ilovasiga 2017 yiliyoq joriy etilgan funksiya – bitta kliyentda bir nechta akkaunt ishga tushirish imkoniyati, nihoyat, uning iOS talqiniga ham yetib keldi. Endi unga uchtagacha profil qo‘shish mumkin, ularning biridan boshqasiga o‘tish uchun esa pastki menyudagi profil tugmachasiga bosish kerak. Har bir akkauntdan bildirishnomalar keladi.

Android hamda iOS ilovalarida akkauntdan chiqishda, muqobil variantli menyu paydo bo‘ladi. Ya’ni, servis bunda sizga boshqa foydalanuvchi qo‘shish, ilovani ochishga parol qo‘yish, keshni tozalash, akkaunt bog‘langan telefon raqamini almashtirish yoki xizmat ko‘rsatish markazi bilan bog‘lanish taklif etiladi.

 

Quyidagi videoda bular yaqqol ko‘rsatib berilgan:

Shu kabi funksiyalardan bahramand bo‘lish uchun, Telegram 5.4 talqinidagi ilovani iOS tizimli gadjetlar egalari mana bu, Android-devayslar sohiblari esa mana bu havolalar orqali yangilab (yoki o‘rnatib) o‘rnatib olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram’da pul topishni istaysizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!