Anti-bulut lazeri kvant internetini yaratishda yordam beradi

  •   Saroy
  •  487
  •  24.10.2018 16:52

Anti-bulut lazeri kvant internetini yaratishda yordam beradi

Hozirda bulutli ob-havo olimlarning ma’lumotlarni sun’iy yo‘ldoshga lazer yordamida uzatishiga to‘sqinliq qilmoqda. Chunki bulutlar  uning nurlarini osonlik bilan yoyib yuboradi. Ammo kuchli tezkor otiluvchi lazer unchalik katta bo‘lmagan “kanal” ochishi mumkin va ikkinchi lazerga teshikdan o‘tishga va ma’lumotlarni uzatishga imkon yaratadi. Ushbu usul yorug‘lik yoki foton zarralarini uzatish uchun lazerga tayanib butun dunyoda kvant aloqa tarmog‘ini yaratish bo‘yicha ish olib borayotgan olimlarga asqotadi.

Tadqiqotchilar ushbu g‘oyani laboratoriyada bulutli kameradan foydalanib namoyish qildilar. Kamera ob-havo sharoitini imitatsiya qilib berdi. Birinchi lazer bulut orasidan o‘tganda, u shu zahotiyoq havoni qizdirib, zarbli to‘lqinni paydo qiladi. Bu esa suv tomchilarini nurdan nariga itqitadi. Ushbu harakat bulut orasidan millimetr kengligida kanal ochdi, bu esa ikkinchi lazer orqali bug‘lar orasidan ko‘p miqdorda nur o‘tishiga imkon berdi.

O‘QING: 10 yildan so‘ng kvant kompyuterlari yaratiladi

Kelgusida kvant fizikasi ma’lumotlarni global tarmoqlar bo‘yicha o‘ta himoyalangan tarzda uzatishni ta’minlashga yordam beradi. Biroq, dastavval olimlar kichkina kvant zarralarini bir qit’adan boshqasiga uzatish uchun  butundunyo kvant internetini qurishi lozim. Masalan, Xitoy 2017 yilda dunyoda birinchi bo‘lib kvant yo‘ldoshini ishga tushirdi. Hozir u Yer bilan ma’lumotlarni lazer nurlari orqali almashayapti.

O‘QING: «Yangi internet» paydo bo‘lmoqda: hozircha 30 million dollar jalb qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!