Antiqa aksiya: uy telefonini topshirib, smartfon oling!

  •   DiMaX
  •  2756
  •  26.10.2019 14:54

Antiqa aksiya: uy telefonini topshirib, smartfon oling!

Ayrim ishlab chiqaruvchilar «Trade-in» dasturi doirasida o‘zlarining eski modellarini mijozlardan qaytarib olib, yangisini chegirma bilan berishlarini bilamiz. Lekin Rossiyadagi «Svyaznoy» riteyleri Xellouinga bag‘ishlab joriy etgan aksiya yanada boshqacha...

O‘QING: Samsung ishlatilgan iPhone’larni Apple’dan ham qimmatroqqa sotib olyapti!

Ushbu aksiya «Uy telefonlari qabristoni» deb nomlangan. Uning doirasida istalgan mijoz ushbu do‘konlarga statsionar – uy telefonini topshirib, evaziga yangi smartfon uchun chegirma olishi mumkin. Chegirma o‘lchami har xil bo‘lib, 2 mingdan to 30 ming rublgacha boradi!

«Uy telefonlari qabristoni» aksiyasi 3 noyabrgacha davom etadi. «Svyaznoy» mijozlari unda Samsung, ZTE, Huawei hamda Honor brendlarining ayrim rusumlardagi smartfonlari uchun chegirma olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 8T allaqachon sotuvga chiqdi – narx va jihatlari bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.