Antivirus muallifi iPhone’ni buzib kirolmasa, botinkasini yeyishga va’da berdi

Antivirus muallifi iPhone’ni buzib kirolmasa, botinkasini yeyishga va’da berdi

McAfee antivirus dasturi asoschisi, AQSh Prezidentligiga nomzod Jon Makafi Business Insider nashrida 3 haftadan kam bo‘lmagan muddatda San-Bernardinodagi odamlarning umriga zomin bo‘lgan qotilning iPhone`ini buzib kirishi haqida ma’lum qildi. Agar u bunga erisha olmasa, dasturchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir paytida botinkasini yeyishga va’da berdi.

Bittaga ruxsat – bu hammaga ruxsat!

Apple boshlig‘i Tim Kuk avvalroq uning kompaniyasi iPhone mijozi garchand qotil bo‘lsa ham, uning qurilmasini buzib kirishga imkon bermasligi haqida ma’lum qilgandi. Kompaniya rahbari yozgan ochiq xatida jinoyatchining qulflangan iPhone`ni buzib kirishga qarshilik bildirgandi.

Sud esa Apple`ga himoya funksiyasini o‘chirib qo‘yish haqida buyruq berdi. Ma’lumki, iOS 10 marotaba noto‘g‘ri parol terilgach, barcha ma’lumotlarni avtomatik tarzda o‘chirib tashlaydi.

FQBning sobiq xodimi Edvard Snouden esa bu vaziyatga baho berib,  hukumat shu tariqa iPhone va iPadga kirish imkoniga ega bo‘lmoqchi, deb fikr bildirgan.

Makafi botinkasini yeydimi?

AQSh Prezidentiligiga nomzod uchun iPhone`ni buzib kirishi katta piar. Buning oqibati esa noma’lum. Makafining dunyoning eng kuchli xakerlari yig‘ilgan kompaniyasi FQBga bepul xizmat ko‘rsatadi. Makafi o‘z nutqida Google`ni afsonaviy xavfsizlik tizimga egaligini tan olgan.

Amerikaning bukmekerlari esa McAfee jamoasi iPhone`ni buzib kirishning uddasidan chiqadimi yoki Makafi botinka yeydimi, degan variantlar bo‘yicha stavkalarni qabul qilishni boshlab yubordi.