Apex Legends'ning mobil o‘yini yopilmoqda

Apex Legends'ning mobil o‘yini yopilmoqda

Kompyuter uchun eng mashhur shuter o‘yinlarning biri bo‘lgan Apex Legends'ning o‘tgan yili chiqarilgan mobil versiyasi hali bir yoshga to‘lmasdan yopilmoqda. O‘yin ishlab chiqaruvchisi, Respawn Entertainment , hamda, uni ommaga taqdim qilgan Electronic Arts o‘yinning 1-may kuni barcha hududlarda yopilishini e’lon qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘yinning yopilishiga uning uchun kontent ishlab chiqishda bo‘lgan muammolar, hamda, o‘yin sifatining tushib ketganligi sabab bo‘lgan.

Apex Legends Mobile o‘yini o‘tgan yilning 16-may sanasida ishga tushirilgan edi.

31 yanvardan boshlab, Apex Legends Mobile ham App Store, ham Play Store'dan olib tashlanadi va shu kundan e’tiboran o‘yinchilar haqiqiy pul bilan o‘yin ichidagi narsalarni sotib ola olmaydilar, lekin o‘yinni 1-maygacha o‘ynash mumkin bo‘ladi. EA o‘yinga tikilgan pullar qaytib berilmasligini ta’kidlagan.

Aytish kerakki, o‘tgan yilning ikkinchi choragida chiqarilganiga qaramay, Apex Legends Mobile o‘yini juda tez shuhrat qozondi va ham App Store, ham Play Store'da "Yil o‘yini" bo‘lgan edi.

Biroq, kelajakda Apex'ning mobil o‘yinining qandaydir yangi versiyasi paydo bo‘lishi mumkin. EA'ning daromadlar bo‘yicha yig‘ilishida bosh direktor Endryu Uilson EA va o‘yinning ishlab chiqaruvchilari uning ushbu "versiyasini" yopilishini tanlaganini va kompaniya "kelajakda bir-biriga bog‘langan Apex mobil tajribasini qayta tasavvur qilishni rejalashtirayotganini" aytdi. Keyinchalik yig‘ilishda Uilson mobil aloqa Apex franchayzi uchun "kelajakda o‘sish vektori" bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Foto: EA

Electronic Arts, shuningdek, o‘zining hali ommaga taqdim qilinmagan, lekin o‘tgan yilning beta sinovi o‘tkazilayotgan Battlefield Mobile o‘yinining ham ishlab chiqarilishini e’lon qildi.

"Sanoat rivojlanib, bizning bir-biriga chuqur bog‘langan Battlefield ekotizimini yaratish strategiyamiz shakllanar ekan, biz ushbu franshiza bo‘yicha o‘z qarashlarimizni eng yaxshi tarzda amalga oshirish va o‘yinchilarimizning umidlarini qondirish uchun hozirgi yo‘nalishdan burilishga qaror qildik. Biz Battlefield'ning ulkan salohiyatini ochishga sodiqmiz. Biz Battlefield 2042 o‘yinini rivojlantirish ustida qattiq ishlayapmiz va butun dunyo bo‘ylab studiyalarimizda yangi Battlefield tajribalarini tayyorlayapmiz", – deydi kompaniya o‘zining bayonotida.

O‘QING: Humo: milliy messenjer yoki ko‘chirmachilik mahsuli?