App Store’dan Telegram X yo‘qolib qoldi. Ammo uni qaytarish yo‘li bor!

  •   DiMaX
  •  972
  •  27.04.2018 09:16

App Store’dan Telegram X yo‘qolib qoldi. Ammo uni qaytarish yo‘li bor!

Telegram X muqobil kliyenti shu kunlarda iOS-qurilmalar uchun ilovalar katalogi – App Store’dan yo‘qolib qolgan. Bu holat Roskomnadzor va Telegram kompaniyasi orasidagi mojarolar tufayli bo‘lishi mumkin, lekin ilova Rossiyadan tashqari bir necha mamlakatlarda ham yo‘qolgan.

Saytimiz muxlislari orasida Rossiyadan va boshqa mamlakatlardan kiruvchilar mavjudligini hisobga olib, bu messenjerni qayta o‘rnatish usulini ma’lum qilmoqchimiz.

O‘QING: Rossiyada Telegram bloklanishining asl sababi oshkor bo‘ldi

Agarda siz o‘z iPhone yoki iPad’ingizda avval Telegram X messenjerini ishlatgan, keyin o‘chirgan bo‘lsangiz va endi uni qayta o‘rnatishni istab qolsangiz, buni quyidagicha amalga oshirishingiz mumkin.

  • Smartfon yoki planshetingizda App Store’ni oching va «Yangilanishlar» – «Obnovleniya» bandini tanlang;
  • Yuqori o‘ng burchakdagi akkauntingiz belgisini bosing;
  • «Xaridlar», ya’ni «Pokupki»dan Telegram X’ni toping;
  • Uni o‘rnatib oling.

Mana shu oddiygina to‘rt qadamlik harakat bilan Telegram X’ni o‘z iPhone yoki iPad’ingizga qaytara olasiz. Lekin bu bilan hali hammasi joyida, degani emas. Mazkur messenjer qo‘llaydigan IP-manzillarni Roskomnadzor bloklaydi, shu bois ilova o‘z akkauntingizga kirish uchun kerak bo‘ladigan kodni yuborish buyrug‘ini qabul qila olmaydi. Bu muammoni yechish uchun esa Telegram’ni ishga tushirishdan avval istalgan bir VPN-ilovani o‘rnatib olasiz va u orqali Rossiyadan boshqa biror mamlakat orqali ulanishni amalga oshirasiz. Telegram’dan kodni olgach esa VPN-ilovani yopaverasiz, buyog‘iga messenjer o‘zi ishlay oladi.

Lekin, har ehtimolga qarshi, uning sozlamalariga biror proksi-server ma’lumotlarini kiritib qo‘yganingiz ma’qul. Buni amalga oshirish usuli esa quyidagi maqolamizda ko‘rsatilgan.

O‘QING: Telegram bloklansa ham iOS yoki Android-smartfondan unga kirish yo‘li bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!