Apple Airpods garniturasi qo‘ng‘iroq paytida o‘chib qolmoqda

Apple Airpods garniturasi qo‘ng‘iroq paytida o‘chib qolmoqda

O‘tgan yilning so‘nggi oylarida kechikish bilan sotuvga chiqarilgan Apple Airpods garniturasini xarid qilgan foydalanuvchilar gadjetdagi nosozlik haqida xabar berishmoqda, deb yozmoqda IXBT nashri. Garniturani iPhone 6s va iPhone 6s Plus modellari bilan ishlatganda ular ba’zida to‘satdan o‘chib qolmoqda.

Manbaning qayd etishicha, qo‘ng‘iroq paytida naushniklarning biridagi ovoz yo‘qolib qoladi, Biroq garnituradan musiqa tinglash uchun foydalanganda hech qanday nosozlik kuzatilmaydi. Hozircha boshqa markadagi iPhone egalari bunday muammo haqida gapirmagani sabab bunday nosozlik faqat iPhone 6s va iPhone 6s Plus modellariga xos, deb taxmin qilinmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!