Apple anjumanidagi “eng yosh dasturchi”ning yoshi sizni hayratga soladi

Apple anjumanidagi “eng yosh dasturchi”ning yoshi sizni hayratga soladi

Endigina 9 yoshga kirgan Anvita Vijay  iPad/iPhone uchun jonivorlarni asl vataniga qaytarishni targ‘ib qiluvchi dasturni yaratib, Apple’ning San-Fransiskoda o‘tayotgan Jahon Dasturchilari Anjumanining “eng yosh dasturchisi”ga aylandi.

Tim Kuk anjuman mobaynida bu qizaloq xususida alohida to‘xtalib o‘tib, Anvitani Apple dasturchilar konferensiyasi tarixidagi eng yosh dasturchi sifatida tanishtirdi.

Anvita dasturlashni 7 yoshidan boshlagan. U buni internet orqali o‘rganib olgan. Uning ilk dasturi singlisiga hayvonlar nomlarini o‘rgatishga bag‘ishlangan bo‘lgan.

“Bu yerdagi ishtirokim hayotimni o‘zgartirib yuborishi aniq. Men go‘yo dasturlashning ulkan muz qoyasini tutdim-u, uning oldida bilimim qanchalar kichik ekanini angladim. Men texnologiya orqali odamlar hayotiga qulayliklar olib kirmoqchiman”, deydi Anvita Vijay.

Anjumanda butun dunyodan jami 350 dan ziyod o‘ta iqtidorli, nomdor dasturchilar ishtirok etishmoqda. Anjuman davomida ular o‘zaro fikr almashib, dasturlash tili bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etadilar, kompaniya loyihalarini muhokama qiladilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!