Apple App Store’dagi eski va nosoz ilovalarni o‘chiradi

Apple App Store’dagi eski va nosoz ilovalarni o‘chiradi

Apple kompaniyasi App Store’dagi ishlamaydigan yoki ayni vaqtda resurs talablariga javob bermaydigan ilovalarni o‘chirishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyaning rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, do‘konni tozalash ishlari 7-sentyabrdan boshlanadi. App Store ma’muriyati resursdagi barcha ilovalarni tegishli kategoriyalar bo‘yicha tekshirib chiqadi.

Muammo aniqlangan ilovalarning mualliflariga nosozlikni bartaraf etish maqsadida zaruriy tuzatishlarni kiritish uchun 30 kun muddat beriladi. Aks holda ushbu muddat o‘tgandan keyin ilova App Store’dan o‘chirib yuboriladi.

Biroq o‘chirilgan ilovaning mualliflari istagan payt yangilangan ilova versiyasini yana qayta resursga joylashlari mumkin. Shuningdek, kompaniyaning aytishicha, ilovaning resursdan o‘chirilishi uning smartfondagi faoliyatiga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi. Ilovani yuklab olgan “olma”chilar undan hech qanday muammosiz foydalanishda davom etadilar.

Ilovani App Store’dan o‘chirib yuborilishining oldini olish uchun Apple dasturchilarga resurs bilan ishlash bo‘yicha qo‘llanmani o‘rganib chiqish va nosozliklarni bartaraf etish maqsadida mahsulotlarni muntazam yangilashni taklif etmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.