Apple asoschisi Stiv Voznyak iPhone X’ga ishonchsizlik bildirdi (video)

  •   DiMaX
  •  1480
  •  22.11.2017 12:59

Apple asoschisi Stiv Voznyak iPhone X’ga ishonchsizlik bildirdi (video)

Ixtirochi hamda Apple Computer hammuassisi Stiv Voznyak korporatsiyaning superflagmaniga uncha ishqiboz emasligini jurnalistlarga ma’lum qilgan. Bu haqda CNBC nashri xabar bergan.

O‘QING: Stiv Voznyak: Apple endi innovatsiyalarga qodir emas!

Stiv Voznyakning so‘zlariga ko‘ra, u iPhone X’ni darhol sotib olishga oshiqmaydi. Ixtirochining aytishicha, uni iPhone 8 ham to‘la qoniqtiradi.

Mana, quyidagi lavhada uning intervyusidan parcha ko‘rishingiz mumkin:

Shuningdek, Stiv Voznyak «yubiley ayfoni»dagi yuzni tanish tizimi – Face ID to‘g‘ri ishlashi borasida ham ishonchsizlik bildirgan.

O‘QING: O‘n yashar bola iPhone X himoyasini buza oldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.