Apple barchani tinglar ekan - uni sudga berishdi!

Apple barchani tinglar ekan - uni sudga berishdi!

Chorshanba kuni foydalanuvchilar Siri ovozli yordamchisi orqali shaxsiy ma’lumotlarga tajovvuz qilishda ayblagan holda Apple'ni sudga berishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, arznoma ko‘rib chiqish uchun Shimoliy Kaliforniya okrugi sudiga yo‘naltirilgan. Arznoma guruh tomonidan yo‘llangan bo‘lib, 2011-yildan buyun Siri mavjud bo‘lgan qurilmalardan foydalangan har qanday foydalanuvchi ushbu guruhga qo‘shilishi mumkin. Arznomachilar Apple'ning jarima to‘lashini va ovozli yordamchi orqali saqlab olingan barcha yozuvlarni o‘chirib tashlashini talab qilishmoqda. Jarima miqdori qancha ekanligi xozircha ma’lum qilinmagan.

Avgust oyining boshida Apple o‘z xodimlariga Siri'dagi ma’lumotlarni tinglashni ta’qiqlab qo‘ygandi. Kompaniyadagilar ovozli yordamchining dasturiy ta’minotini yangilash ishlari boshlanib ketganini aytib o‘tgan edi. Yangilangan ilovani o‘rnatganidan so‘ng foydalanuvchilarda ushbu dasturda qatnashmasligini belgilab qo‘yishi mumkin. Bu holatda ularning xabarlarini Apple’dagilar tinglamasligi aytilgan.

Iyul oyida kompaniyaning sobiq xodimlaridan biri anonim holda The Guardian gazetasi jurnalistlariga hamkasblari bilan muntazam tarzda foydalanuvchilarning shaxsiy muloqotlarini tinglashganini aytib bergandi. Bunday holat foydalanuvchi o‘zi bilmagan holda ovozli yordamchini ishga tushurib yuborgan holatlarda yuz bergan.

O‘QISh: Hali taqdim qilinmagan Samsung Galaxy A71'ni qutisidan ochib, ishlatib ko‘rishdi!