Apple: “Biz milliard dona iPhone sotdik”.

Apple: “Biz milliard dona iPhone sotdik”.

Mazkur hafta boshida Apple kompaniyasi iyul oxiriga qadar Yer yuzida milliard dona iPhone sotilgan bo‘lishini ma’lum qildi. 27 iyul kuni kompaniya bosh direktori xodimlar bilan o‘tgan uchrashuvda Apple bu sharafli maqsadni uddalaganini ma’lum qilgan.
Tim Kuk iPhone smartfoni insoniyat tarixida muvaffaqiyatli va yangilik olib kirgan eng muhim vositalardan biri bo‘lganini qayd etgan. Kompaniya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, iPhone ko‘pchilikning hayotini qulaylashtirgan, muhim bo‘lagi bo‘la olgan yaqin ko‘makchidir.
Time jurnali tomonidan joriy haftada e’lon qilingan “Barcha davrlarning 50 ta muhim vositalari ro‘yxati”da ham Apple iPhone 1-o‘ringa munosib ko‘rilgan. Jurnalning aytishicha, ayfon insonning axborotga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgarishiga xizmat qilgan. Shuningdek, Apple’ning Macintosh hamda iPod, iPad va iBook qurilmalari ham mazkur ro‘yxatdan o‘rin egallagan.

“Biz doimo biror yangilikka ega bo‘lgan munosib mahsulot tayyorlashga harakat qildik. Shuning evaziga milliard dona iPhone sotishga muvaffaq bo‘ldik. Apple’ga dunyoni har kuni o‘zgartirishga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, deydi texno-gigant rahbari.

Eslatib o‘tamiz, ilk ayfon qurilmasi 2007 yilning 9 yanvarida kompaniya asoschisi Stiv Jobs tomonidan e’lon qilingan edi. Milliard dona mazkur gadjetdan sotish uchun kompaniyaga 9 yil kerak bo‘ldi. Shu bilan birga, aytish kerakki, 2016 yilning so‘nggi 2 choragida kompaniya ketmoni uchmay qoldi va savdo 15 foizga pasaygan. Ammo, kompaniya sentyabrda taqdim etishi kutilayotgan yangi ayfon uning smartfon bozoridagi nufuzini tiklashini katta ishonch bilan ma’lum qilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!