Apple bu media-gigantni sotib olsa, bu — insoniyat tarixidagi eng yirik moliyaviy bitim bo‘ladi

Apple bu media-gigantni sotib olsa, bu — insoniyat tarixidagi eng yirik moliyaviy bitim bo‘ladi

Apple korporatsiyasi faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida, shu kunlarda Gollivuddagi Disney kinostudiyasini xarid qilishni rejalashtirib yuribdi. Ushbu bitimning kamida $230 mlrd dollarga imzolanishi kutilmoqda. Insider.pro tahlilchilariga ko‘ra, bu xarid Gollivud hamda Kremniy vodiysining, jahon kino sanoatining kelajagini batamom o‘zgartirib yuboradi.

Bahosi 700 mlrd AQSh dollarini tashkil qiluvchi “Olma”ning 100 yillik tarixga ega “mediagigant”ni sotib olishi texnologiya sektori hamda ko‘ngilochar sanoat tarixi, qolaversa asrimizning eng ulkan xaridi bo‘lishi mumkin.

Disney Apple’ga nega kerak?

Korporatsiya bugun daromadining 60 foizini iPhone savdosidan oladi. Jahon mobil sanoatidagi o‘sish, yangi raqiblarning paydo bo‘layotgani kompaniyani yangi sohalarda o‘zini sinab ko‘rishga majbur qilmoqda. Misol uchun, Apple Music xizmatini rivojlantirish uchun Apple bir oz avval bir necha mlrd dollar evaziga musiqiy kompaniyalarni sotib olgan edi. Disney esa ulkan media kontent va ko‘plab media-kanallarga ega kompaniya. Uni sotib olish va rivojlantirish Apple’ga media sanoatda, teleuzatishda Netflix va Amazon kabi brendlar ustidan osongina g‘alaba qozonish imkonini beradi.

Qolaversa, Apple asoschisi — Stiv Jobs o‘z navbatida Disney tarkibidagi Pixar studiyasining bosh aksiyadorlaridan biri bo‘lgan. Tahlilchilarning fikricha, sayyoramizning yirik biz­nes-kon­glo­me­ratlarining birlashuvi, yirik moliyaviy hamda texnik imkoniyatlarning kengayishi IT-sanoati hamda ko‘ngilochar tarmoqni birlashtirib, mobil medianing yangi tarixini boshlab beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!