Apple buklama iPhone uchun patent oldi

Apple buklama iPhone uchun patent oldi

Apple kompaniyasi ikkita buklanadigan displeydan iborat smartfon konstruksiyasini patentladi.

Patentda iPhone smartfoni uglerod nanoquvurchalar qo‘llash hisobiga o‘rtasidan buklana olishi g‘oyasi ta’riflangan.

Nashrning ta’kidlashicha, kompaniya 2013 yildan beri yig‘iluvchi va egiluvchi smartfon yaratish bilan shug‘ullanib keladi. Apple bunday g‘oyalar bilan qiziquvchi yagona kompaniya emas, misol uchun, Samsung bunday texnologiya bilan bog‘liq o‘nlab patentlarga ariza topshiradi.

Bu g‘oyalardan biror-biri haqiqatga aylanishi noma’lum, biroq bunday g‘oyalarga qiziqishning davom etishi kompaniya shunga o‘xshash biror narsani amalga oshirishga jiddiy istak bildirishini taxmin qilishga imkon beradi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!