Apple buklama planshet uchun patent oldi

Apple buklama planshet uchun patent oldi

2021 yilda kutilayotgan buklanuvchi displeyli gadjetlar qatori yana bir devays bilan boyiydigan bo‘ldi. Apple AQSh patent byurosidan buklama ekranli iPhone uchun patent olgach, xuddi shunday texnologiyaga ega planshetni yaratishni ham maqsad qilgan ko‘rinadi.

Apple'ning LG bilan yaqindan ishlayotganini hisobga olsak, bu ma’lumotning to‘g‘riligi isbotini topadi. Patent arizasida ko‘rsatilishicha, planshetni markazidan uni ikkiga buklash mumkin bo‘ladi. Natijada, ekran smartfon shakliga keladi.

Shuningdek, hujjatda ko‘rsatilishicha, qurilmani ochiq yoki yopiq holatda ham ishlatish mumkin. U shaklidan go‘yo kitobni eslatadi. Gadjet displeyi OLED-panellardan tayyorlanadi. Shu bilan birga, ba’zi ekspertlarning ma’lum qilishlaricha, qayrilma ekranlarni ishlab chiqarishda mikro-LED displeylardan ham foydalanilishi mumkin.

Apple hozirdanoq buklama texnologiyali displeylardan foydalanmoqda. Misol uchun, iPhone X ekrani ko‘rinishdan tekis bo‘lsa ham, bu panelning yonlari qayrilma dizaynda tayyorlangan va shu holatda gadjet korpusining quyisiga borib tutashgan.

Yangi patent esa Kupertinoda faoliyat olib boruvchi IT-gigantga mobil qurilmalar bozorini yanada ilg‘or gadjetlar bilan boyitishga yordam beradi. Biz 2021 yildan mana shunday innovatsion buklama devayslarning ommalashuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ungacha Apple ham mikro-LED panel texnologiyasini takomillashtirishga ulguradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!