Apple do‘koniga kirgan erkak o‘nlab iPhone’larni sindirib tashladi (video)

Apple do‘koniga kirgan erkak o‘nlab iPhone’larni sindirib tashladi (video)

Fransiyada joylashgan Apple Store do‘koniga kirgan erkak o‘nlab Apple mahsulotlariga zarar yetkazdi. U kompaniyaning mahsulotlarga kafolat xizmatini ko‘rsatish servisidan qoniqmagach, shunday qilishga qaror qilgan.

Hodisa Fransiyaning Dijon shahridagi Apple do‘konlarining birida sodir bo‘lgan. Apple kompaniyasining kafolat xizmatidan g‘azablangan mijoz do‘konga kirib, po‘lat soqqa bilan displeyda turgan qurilmalarni birin-ketin sindirishni boshlagan. Videoda ko‘rinib turganidek, mijoz qahr bilan qurilmalarga “hujum qilgan”.  U  iPhone, iPod Touch va hatto MacBook Air qurilmasiga zarar yetkazgan.

Erkak do‘konning xavfsizlik xizmati kelguncha, “olma”larni huzur bilan sindirishda davom etgan. U do‘kon xodimlaridan qochishga uringan, biroq baribir qo‘lga tushirilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.