Apple dunyoning eng qimmat kompaniyasi

Apple dunyoning eng qimmat kompaniyasi

CNBC xabar tarqatgan xabarga ko‘ra, Apple kompaniyasi eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida yana Alphabet`ni ortda qoldirdi. Google tarkibiga kiruvchi Alphabet xoldingi bir kechada 3 foiz aksiyasini yo‘qotdi, biroq bu vaqtda esa Apple`ning holatida o‘zgarish bo‘lmadi. Ya’ni Alphabet birinchilikni bir kun ushlab tura oldi xolos.

Hozir mazkur ro‘yxatda Apple va Alphabet`ni Microsoft, Facebook va Exxon Mobil kompaniyalari ta’qib qilib bormoqda.

Oxirgi marta Google 2010 yilda Apple`dan o‘zib ketgan va ikkala kompaniyaning umumiy qiymati qariyb $200 mlrd.ni tashkil etgandi. O‘shanda Apple hali ilk iPad`ni chiqarmagan, yangi iPhone esa endigina 3GS asosida ishlardi. 2008-2010 yillarda Apple va Google o‘zaro o‘rin almashib turgan.

2012 yilda Apple uchun tarixiy yuksalish davri bo‘ldi. Kompaniya qiymati $180 mlrd.dan $650 mlrd.ga yetadi. 2011 yilda Apple Exxon`ni “quvib” o‘tadi va dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!