Apple eksklyuziv musiqa uchun “kichkina” pul to‘lamaydi

Apple eksklyuziv musiqa uchun “kichkina” pul to‘lamaydi

Jahondagi taniqli san’atkorlar, guruh tomonidan yangi musiqiy albom taqdim qilingach, ushbu ijod mahsulini dastlab bir hafta davomida faqatgina Apple korporatsiyasi tomonidan 2015 yilda ishga tushirilgan Apple Music musiqiy xizmatida tinglash mumkin bo‘ladi va boshqa shunday xizmatlarda shu davr mobaynida uni joylashtirish rasman ta’qiqlanadi.

Yaqinda Apple Music xizmati musiqiy asarlar mualliflariga bir haftalik shartnoma uchun qancha gonorar berishi ma’lum bo‘ldi.

Amerikalik hip-hop va rep ijrochisi Chanselor Bennet o‘zining Tvittere tarmog‘idagi sahifasida o‘tgan yilning may oyida taqdim qilingan so‘nggi Coloring Book nomli albomi uchun Apple Music unga qancha to‘laganiga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, Apple reperga albomni bir hafta o‘zining elektron xizmatida “aylantirgani” uchun 500 ming AQSh dollar to‘lagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!