Apple elastik displeyli bukiladigan smartfonni patentladi

Apple elastik displeyli bukiladigan smartfonni patentladi

AQShning patent va savdo belgilari bo‘yicha federal boshqarmasida Apple kompaniyasiga tegishli “Displeyga ega egiluvchan qurilmalar” (Flexible Display Devices) tasnifiga kiradigan №9 504 170 raqamli patent ro‘yxatdan o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda 3D News.

Mazkur patentda bukiladigan konstruksiya va elastik displey bilan ta’minlangan  smartfonlar ta’riflanadi. Patentdagi qurilma raskladushka form-faktorida va har ikkala qismida yaxlit ekran joylashgan. Shu bois ekran yoyilsa, uni butun shakldagi ekran shakliga keladi. Bunday konstruksiyaga organik svetodiod (OLED) va polimerdan tarkib topgan panellarni o‘rnatish mumkin.

apple1

Shuningdek, mazkur patentda uch seksiyali yig‘iladigan gadjetlar ham ifodalangan. Bundvy qurilmalar qo‘imcha transformatsiya va foydalanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Hozircha patentda ko‘rsatilgan qurilmaning qachon tayyorlanishi haqida ma’lumot mavjud emas.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.