Apple elektrokar yaratish loyihasini chetga surdi

Apple elektrokar yaratish loyihasini chetga surdi

Apple hozirgi vaqtda haydovchisiz avtomobil ishlab chiqish g‘oyasi ustida ishlayotgani yo‘q. “Titan” nomli loyiha ustida ishlayotgan xodimlar tarqatib yuborilganligi bundan dalolat beradi. Kompaniyani rivojlantirishning boshqa yo‘lidan bormoqchi.

Haydovchisiz elektromobil loyihasi bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar soni mingdan ortgan edi.

Ayrim ekspertlarning aytishicha, Apple raqobatdan cho‘chiyapti. Chunki elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha Tesla jahonda yetakchiga aylandi. Google ham bu sohada ancha ilgarilab ketdi, xususan, Uber bilan hamkorlikda avtonom avtomobillarining qatnovini yo‘lga qo‘yishni ko‘zlamoqda.

Tesla yetakchisi Elon Mask Apple ajoyib telefon, planshet va soatlar ishlab chiqarishi, ammo zo‘r elektromobil yaratishi ehtimoli pastligidan so‘z ochgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.