Apple endi eng qimmat kompaniya emas. Yangi lider bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  3538
  •  26.11.2018 11:47

Apple endi eng qimmat kompaniya emas. Yangi lider bilan tanishing!

Bu yil taqdim etilgan iPhone’larning savdosi yaxshi bo‘lmay, Apple aksiyalari narxlari tushishda davom etmoqda. Natijada korporatsiya o‘zining mavqeyini yo‘qotib borayotgani haqida xabar bergandik.

O‘QING:  Apple «qulash»da davom etmoqda, Microsoft uni «urib tushirishi» mumkin!

Tahlilchilarning prognozlari to‘g‘ri chiqdi – keyingi kunlarda kupertinolik korporatsiyaning aksiyalari narxlari 172 dollargacha tushib ketdi. Natijada Apple’ning kapitalizatsiyasi pasayib, 747 milliard dollarga yetdi.

Shu tariqa, eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida birinchi o‘ringa Microsoft korporatsiyasi chiqib oldi. Uning bozor kapitalizatsiyasi 753 milliard dollarni tashkil etadi. Aytish kerakki, 2010 yildan beri u ilk bor Apple’ni quvib o‘tdi.

To‘g‘ri, pasayish ko‘pchilikda kuzatiladi, shu jumladan Microsoft’da ham. Lekin Apple kuchliroq «qulash»da davom etayotir, shu bois ham Bill Geytsning kompaniyasi yetakchilikni hali-veri qo‘ldan bermaydi.

Darvoqe, kupertinolik gigantning ortidan Amazon va Alphabet kompaniyalari kelmoqda, ularning kapitalizatsiyasi  tegishlicha 737 va 726 milliard dollarni tashkil etadi.

O‘QING: Dunyoning eng boy odami kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!