Apple "eng sevimli texnologiya kompaniyasi" nomini boy berdi

Apple

Nufuzli The Verge nashri Amerikaning eng sevimli texnologik kompaniyasini aniqlash uchun so‘rov o‘tkazdi. Shu vaqtga qadar bu sifat Apple'ga nisbatan ishlatilar edi. Biroq, so‘rov natijalari Apple bu unvondan mahrum bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Shu yilning 28 sentyabridan 10 oktyabriga qadar o‘tkazilgan taqdqiqotlarda 1520 nafar respondent qatnashgan. Apple bilan birga, so‘rovlarda AQSh ning Amazon, Google, Facebook hamda Microsoft kabi kompaniyalaring nomzodlari ilgari surilgan.

Avvalgi yilgi so‘rov natijalari bilan solishtirganda, Apple kompaniyasiga berilgan ijobiy ovozlar soni keskin kamaygan. Salbiy mazmundagi fikr-mulohazalar bo‘yicha kupertinolik ishlab chiqaruvchi 2-o‘rinni egallagan.

Respondentlar bu kompaniyalar mahsulotlari va xizmatlari sifatiga quyidagicha baho berishgan: 60% mijozlar Amazon'dan nihoyatda minnatdor, ularning 55% i esa Google'ning foydasiga ovoz berishgan. 45% qatnashchilarning fikricha, Microsoft ham sifatli xizmat va texnologiyalarni joriy qilmoqda. Facebook hamda Apple'dan rozi ishtirokchilar darajasi esa juda past.

So‘rov ishtirokchilarining 90% i o‘z do‘stlari va yaqinlariga katta ishonch bilan Google va Amazon kompaniyalari xizmatlaridan foydalanishni maslahat berishadi. Respondentlarning 80% i esa bu borada Apple'ga ishonch bildirishgan.

Diqqatni tortadigan yana bir jihat borki, 15% respondentlar Facebook va Apple'ga ishonchsizlik bildirishgan.

"Ushbu kompaniyalardan qaysi biri ertaga to‘satdan faoliyatini yakunlasa, siz bundan tashvishga tusharmidingiz?" degan savol natijalariga ko‘ra, amerikaliklar Apple'ning yo‘q bo‘lib ketishidan ham tashvishga tushmas ekanlar. Undan ham qizig‘i qatnashchilarning katta qismi o‘zlari kun uzoq o‘tiradigan ilovalaridan foydalanadigan Facebook kompaniyasining ham yo‘qolishiga ham befarq ekanlar. Amazon va Microsoft'ning yo‘qolishi esa tashvishli ekan.

Aftidan, shu kunlarda juda talash bo‘lgan iPhone X ham Apple'ga "eng sevimli texnologiya kompaniyasi" degan nufuzni qaytarib bera olmaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!