Apple: faol qurilmalar soni 1 milliardga yetdi

Apple: faol qurilmalar soni 1 milliardga yetdi

Apple tomonidan 26 yanvar kuni kompaniyaning 2016 yil I choragiga oid iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘rin olgan ma’lumotnoma e’lon qilindi. 2015 yilning 26 dekabriga qadar bo‘lgan moliyaviy davrga tegishli ma’lumotlar joy olgan hujjatda qayd etilishicha, ushbu brendning jahon miqyosida iPhone, iPad, Mac, iPod touch, Apple TV va Apple Watch kabi faol qurilmalari soni 1 milliard donaga yetgan. Jumladan, yangi yilning ilk moliyaviy choragida 74,7 million dona qurilma sotilgan.

To‘g‘ri, Apple 2015  yilning xuddi shu davrida ham sotilgan iOS qurilmalari soni 1 milliardga yetganini e’lon qilgan edi. Gap shundaki, sotilgan qurilmalarning hammasidan ham foydalanilmaydi.

Kompaniyaning to‘rtinchi chorakda iPhone, iPad, Mac, iPod touch, Apple TV va Apple Watch gadjetlaridan olgan daromadi 75,9 mlrd AQSh dollari bo‘lib, sof foyda 18,4 milliardni tashkil etgan. Ya’ni, kompaniya har bir aksiyasidan 3,28 AQSh dollari miqdorida foyda ko‘rgan. Bu kompaniya tarixida rekord natija hisoblanadi.

Kompaniyaning boshqa yo‘nalishdagi mahsulotlari va faoliyatidan topgan choraklik daromadi 4.35 milliard AQSh dollariga yetgan va bir yil oldingi ko‘rsatkich – 2.7 mlrd.dan 62 foizga oshgan.

Оч яшил устунлар - кўрилган фойда. Тўқ яшил устунлар: олинган даромад

Och yashil ustunlar – olingan sof foyda. To‘q yashil ustunlar – daromad.

Apple o‘tgan yilning shu davrida 74,6 mlrd AQSh dollari daromad ko‘rgan bo‘lib, uning 18 milliardi sof foyda bo‘lgan. Ya’ni, har bir aksiya kompaniyaga 3,06 AQSh dollari foyda keltirgan. Bir yil ilgari yalpi choraklik foyda 39,9 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 40,1 foizga yetgan. Choraklik daromadning 66 foizini xalqaro bozordagi sotuvdan tushgan pul tashkil qiladi.

Birinchi chorakda 27,5 mlrd AQSh dollari miqdorida pul aylanmasi yopilgan bo‘lib, shundan 9 mlrd dollari kompaniya aksiyadorlariga dividend mablag‘lari sifatida to‘lanadi.

Shuningdek, Apple direktorlar kengashi har bir aksiyaga 0,52 dollar miqdorida dividend to‘lanishini ma’lum qilgan.

“iPhone, Apple Watch i Apple TV kabi ilg‘or mahsulotlar bois jamoamiz Apple tarixidagi eng muvaffaqiyatli choraklik natijaga erishdi, — deydi Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kuk. — Chorak mobaynida bizning biznes sohasidagi xizmatlarimiz jadal o‘sdi va bir oz avval bizning foydalanilayotgan bazaviy qurilmalarimiz soni 1 milliard donaga yetdi”.

Cmartfonlar savdosi kompaniya mablag‘ aylanmasining uchdan ikki qismini tashkil etishini hisobga olsak, Apple’ning daromadlari iPhone’lar savdosiga bog‘liq.

The Wall Street Journal nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu kabi rivojlanish ko‘rsatkichi o‘tgan yili kompaniya yirik diagonalli ekranlarga ega iPhone smartfonlarining yangi avlodini taqdim qilgani tufayli sodir bo‘lgan. Ammo bu qurilmalarda sezilarli o‘zgarishlar yo‘qligi sababli, u iste’molchilar orasida avvalgidek ishtiyoq uyg‘otmasligi mumkin.

Kompaniya rahbari Tim Kuk kompaniya kelgusida iPad planshetlari va boshqa xizmatlar, jumladan musiqaga ixtisoslashgan Apple Music’dan ko‘proq daromad olishini aytgan.

Kompaniya 2016 yilda 50-53 mlrd dollar foyda olishni rejalashtirmoqda. Bulardan 6-6.1 mlrd AQSh dollari sarf-xarajatlarga sarflanadi va 25,5 foizi soliq uchun to‘lanadi.