Apple film va seriallar yaratadi

  •   Saroy
  •  413
  •  11.09.2018 14:47

Apple film va seriallar yaratadi

Apple kompaniyasi o‘zining ketma-ket videoxizmatini yo‘lga qo‘yishi mumkin (bunday xizmat hozir  Netflix va Amazon’da bor). Yangi videoxizmatda Apple’ning o‘zi so‘ratga olgan seriallari va ko‘rsatuvlari ham namoyish qilinadi.

Buning uchun kompaniyaning navbatdagi qadami “Fillar qirolichasi” (The Elephant Queen) hujjatli filmiga va Wolfwalkers multfilmiga bo‘lgan xalqaro huquqni sotib olishi bo‘ldi. Fillar podasini suvlikka boshlab borgan filcha haqidagi film o‘tgan yakshanbada Toronto kinofestivalida namoyish qilindi.

Apple servisi kelasi yilning mart oyida ishga tushishi kerak. O‘tgan yili kompaniya o‘zining kelgusi servisi uchun o‘ziga xos kontentni sotib olishga qariyb milliard dollar sarmoya jalb etdi, shuningdek, sarf qilingan mablag‘ning bir qismi  Stiven Spilbergning «Ajoyib tarix» (Amazing Stories),   Ronald Murning «Galaktikaning yulduzli kreyseri» (Battlestar Galactica’s) seriallarini qayta ko‘rsatish va  Ayzek Azimovning «Asos» (Foundation) asariga adaptatsiyasini namoyish qilish huquqi ham kiradi.