Apple ham o'zining bir nechta eski smartfonlariga yangilanish yubordi

Apple ham o'zining bir nechta eski smartfonlariga yangilanish yubordi

Yaqinda Samsung kompaniyasi o'zining juda ko'plab eski smartfonlariga xavfsizlik yangilanishlarini yuborgan edi. Endilikda Apple kompaniyasi ham o'zining deyarli sakkiz-to'qqiz yillik smartfonlariga muhim xavfsizlik yangilanishini yubormoqda (The Verge orqali).

Ma'lum bo'lishicha, iPhone 5S, iPhone 6 va iPhone 6 Plus modellari (shuningdek, birinchi avlod iPad Air, iPad Mini 2 va iPad Mini 3 bilan birga oltinchi avlod iPod Touch) uchun chiqarilgan iOS 12.5.6 versiya yangilanishi yaqinda yangiroq iOS versiyalarining xavfsizlik zaifliklarini tuzatgan xususiyatni o'z ichiga oladi. Aniqroq qilib aytganda, ushbu versiya Safari yoki boshqa brauzerni ochganingizda zararli veb-sayt telefoningizda tekshirilmagan kodni ishga tushirish imkonini beradigan zaiflikni tuzatadi. Garchi bu vahima qiladigan darajada bo'lmasa ham, agar siz iPhone 5S/6/6 Plus egasi bo'lsangiz, smartfoningizni har ehtimolga qarshi yangilab olish tavsiya qilinadi.

The Verge sahifasidan olindi 

Siz yangilanishni qurilmangizda yuqorida ko'rsatilganidek Sozlamalar > Umumiy > Dasturiy ta'minot yangilanishi orqali qabul qilib olishingiz mumkin.

O'QING: Hamyonbop Galaxy smartfoni taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.