Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni boshlaydi

Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni boshlaydi

Hindiston hukumati AQShning Apple kompaniyasiga mazkur mamlakat hududidagi Karnataka shtatida o‘z qurilmalarini ishlab chiqarishga ruxsat berdi, deb yozmoqda BBC nashri.

Apple shtatning Bangalor shahrida shu yilning aprel oyidan boshlab o‘ziga qarashli qurilmalarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Hindiston axborot texnologiyalari va biotexnologiyalar vaziri Priyank Xarj AFP nashriga bergan bayonotida ma’lum qilgan.

Ayni Apple Hindiston smartfon bozorining bor-yo‘g‘i 2 foizini band qilib, asosiy raqibi Samsung firmasidan ancha orqada qolib kelmoqda. Shunday bo‘lsa-da, u mamlakatdagi premium smartfonlar (450 dollardan yuqori) bozorining katta qismini egallagan va bu segment yildan-yilga o‘sib borayotgani qayd etilmoqda.

Hindistonda smartfonlar ishlab chiqarish borasida Apple Tayvanning Wistron kompaniyasi bilan hamkorlik qilishi kutilmoqda. Agar ushbu reja amalga oshsa, Apple, shubhasiz, Hindiston bozoridagi pozitsiyalarini yaqin kelajakda keskin tarzda mustahkamlab olishi hech gap emas.