Apple Huawei'ga qarshi kuzirni namoyish qiladi

Apple Huawei'ga qarshi kuzirni namoyish qiladi

Apple ilgarilari asosan operatsion tizim hamda ayrim o‘ziga xos jihatlar bilan ajralib turishni istagan bo‘lsa, so‘nggi 2 yildan buyon kompaniya har jihatdan yaxshi flagmanlar tayyorlashga harakat qilmoqda. Yangi tamoyilga ko‘ra, ayfonlarda fotokameralardan tortib, samaradorlikkacha hammasi zo‘r bo‘lishi kerak.

O‘tgan oyda taqdim qilingan Huawei P20 Pro flagmani surat olish hamda video tasvirga olish texnologiyalariga ko‘ra iPhone X smartfonini ortda qoldirdi. Shu sababli, «olma» korporatsiyasi jiddiy qadam tashlashga qaror qildi.

Ishonchli manbaning ma’lum qilishicha, yangi avlod iPhone qurilmalari ham birato‘la 3 ta sensorli bosh kameraga ega bo‘ladi. Bu to‘g‘rida Tayvanning Economic Daily News nashri xabar bermoqda. Tayvanda ham Apple'ning ayfon ishlab chiqaruvchi zavodi borligini hisobga olsak, bu ma’lumotning to‘g‘riligi qisman ayon bo‘ladi.

O‘qing: Galaxy S8'ning noyob talqini taqdim qilindi

Apple kompaniya uch sensorli iPhone flagmanini 2019 yilda taqdim etadi. Uning yangi mobil qurilmasidagi fotokamera ham 5 karralik yaqinlashtirish funksiyasiga ega bo‘ladi. Bu jihatga hozircha jahonda faqat Huawei P20 Pro smartfoni ega bo‘lgan.

Manbaning ishonch bilidirishcha, 2019 yildagi iPhone qurilmasidagi bosh kamera sensorlarining har biri 12 megapikselli bo‘ladi. Ya’ni, bosh kamera jami 36 megapiksel aniqligidagi surat olish imkoniga ega bo‘ladi. 5 karralik yaqinlashtirish texnologiyasi tasvir sifatini yo‘qotmasdan suratga olish va orqa fonni g‘ira-shira qilib suratga olish kabi funksiyalarni taklif qiladi.

Apple tez orada bunday kuchli va qimmatbaho, jahonda tengi yo‘q texnologiyaga smartfonni taqdim qiladi.

O‘qing: 2018 yil, I chorak: ijobiy qarshi olingan 10 smartfon

Shu bilan birga aytish joizki, "uch ko‘zli" iPhone narxi ham raqibinikidan qolishmaydi va $1000 dollardan ancha qimmatga baholanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!