Apple inqilobiy smartfon texnologiyasini yaratmoqda

Apple inqilobiy smartfon texnologiyasini yaratmoqda

Elektron SIM-kartalar bugungacha iPad va boshqa bir qator gadjetarda, jumladan internet-buyumlarda ishlatib kelinadi. Biroq, iPhone smartfonlarida elektron «sim-karta»dan foydalanilmagan. IHS tadqiqot-tahlil kompaniyasining tasdiqlashicha, Apple 2019 yildan o‘zining telefonlarida eSIM modelini tatbiq qila boshlaydi.

IHS’ning guvohlik berishicha, 2016 yilda eSIM texnologiyasiga ega gajetlar 108,9 million dona bo‘lsa, 2021 yilgacha ularning soni keskin oshib, 986 million donaga yetadi. Hozirda jahonning biror smartfon modeli eSIM texnologiyasiga ega emas.

Shuningdek, eSIM innovatsiyasini Microsoft ham Gemalto kompaniyasi bilan hamkorlikda rivojlantirmoqda. Yaqin yillarda bunday sim-kartalar Windows 10 devaysida o‘rnatiladi. Sababi, bu noutbukda barcha ilovalar “bulutli” saqlash omborlarida saqlanadi. Ulardan foydalanish uchun internet zarur.

«Apple SIM» tatbiq qilngan iPad qurilmalarida planshet yordamida 140 mamlakat va hududlardagi operatorlarning xizmatlaridan foydalanish mumkin. Ya’ni, biror hududga borganda alohida sim-karat sotib olishga hojat yo‘q. Mobil operatorlar xizmatlariga ulanish uchun tarif rejalarni tanlash kifoya.

Elektron SIM-karta iPhone foydalanuvchisiga operatorni hamda tarif rejasini mustaqil tanlash imkonini beradi. Bu tanlov qurilma ishlab chiqaruvchisi tomonidan nazorat qilinadi. Ya’ni, Apple operatorlar bilan muzokara olib borib, operatorlarning tariflarini sotuvchi dilerga aylanadi, xizmatlar uchun mablag‘ to‘lovida Apple vositachilik qiladi. Bu o‘z navbatida Apple va operatorlar o‘rtasidagi iqtisodiy kelishmovchiliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sababli, eSIM texnologiyasini joriy qilishning ilk bosqichida maxsus operator brendlariga mo‘ljallangan smartfonlar ishlab chiqariladi. Bu modeldagi smartfonni xarid qilgan foydalanuvchilar aynan shu mobil kompaniya xizmatlaridangina foydalana oladilar. eSIM texnologiyasidan foydalanish hozircha arzon emas. Shu bois, qimmat smartfon ishlab chiqarayotgan smartfonsozlarning hammasi ham bunday ixtisoslashgan smartfonlar ishlab chiqarishga jur’at qila olmaydilar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.