Apple: "iOS 12'ga yangilanadigan smartfon va planshetlar"

Apple:

Kecha, 4 iyun kuni AQSh da Apple kompaniyasining dasturchilar va jamoatchilik uchun mo‘ljallangan an’anaviy taqdimoti o‘z ishini boshladi. Uning doirasida yangi texnologik mahsulotlar taqdim qilinmoqda. "Olma" korporatsiyasi taqdimot boshidayoq qaysi smartfon hamda planshetlar eng tezkor hamda ilg‘or iOS 12 operatsion tizimiga yangilanishi ma’lum qildi.

Yangi proshivka avvalgi talqinlardan ancha yaxshi hamda mukammal tarzda ishlab chiqilgan. Uning yordamida uch yil avvalgi iPhone hamda iPad qurilmalari ham samarali ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishadi.

O‘qing: Eng tezkor va texnologik operatsion tizim taqdim qilindi

Apple kompaniyasining xabar berishicha, iOS 11 operatsion tizimi kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatli proshivka bo‘lmadi. Shu sababli ham, iOS 12 tizimini ishlab chiqarish jarayonida kompaniya asosiy e’tiborni tezkorlikka qaratgan. Bu esa o‘z mevasini berdi hamda endi bu tizim iPhone 5s modeliga o‘rnatilsa, mazkur eski ayfon samaradorligi ham hozirgidan 40% ga tezlashadi. Qurilmalardagi kameralarning tezkorligi ham 70% ga oshishi ma’lum qilindi. Shu bilan birga, qurilmalardagi klaviaturalarning tezkorligi ham 50% ga oshadi.

Shu bilan birga, «Olma» korporatsiyasi katta va’da berdi hamda yangi tizim ko‘p funksiyalilik rejimida ilovalarning ishga tushishini 2 barobarga tezlashtirishini aytdi. Sodda tilda aytadigan bo‘lsak, iOS 12 tezkorligi barcha iPhone hamda iPad foydalanuvchilarini xursand qiladi.

Mazkur yangi operatsion tizimni ayni paytda iOS 11 tizimida ishlaydigan barcha smartfon hamda planshetlar qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, ayrim modellar eskirgan bo‘lsa ham, ilg‘or tizimda ishlaydigan gadjetlar ro‘yxati kattagina bo‘ladi. Ha, bu amerikalik ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘z muxlislariga nisbatan katta bag‘rikenglik!

O‘qing: Samsung Galaxy S9: “kambag‘allar uchun” smartfon

iOS 12 tizimiga yangilash mumkin bo‘lgan Apple smartfon hamda planshetlari:

iPhone X, iPhone 8, iPhone 8 Plus, iPhone 7, iPhone 7 Plus, iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6s, iPhone 6s Plus, iPhone SE hamda iPhone 5s;

iPad Pro 12,9″ (birinchi va ikkinchi avlod), iPad Pro 10,5″, iPad Pro 9,7″, iPad Air 2, iPad Air 1, iPad (beshinchi avlod), iPad (2017), iPad mini 4, iPad mini 3 hamda iPad mini 2;

iPod Touch (oltinchi avlod).

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.