Apple iPhone 7: sensorli Home tugmachasi va namlikdan himoya o‘z tasdig‘ini topdi

Apple iPhone 7: sensorli Home tugmachasi va namlikdan himoya o‘z tasdig‘ini topdi

iPhone 7 taqdimotiga oylar borligiga qaramasdan u haqdagi gap-so‘zlar vaqti-vaqti bilan oshkor bo‘lib turibdi. Bu safar xitoylar tomonidan yangi ma’lumotlar oshkor etildi. Mahalliy nashrning yozishicha, Apple kompaniyasi iPhone 7 smartfoni sinovining uchinchi bosqichini tamomladi. Bu esa qurilma to‘g‘risidagi ayrim norasmiy ma’lumotlarning oshkor bo‘lishiga imkon tug‘dirdi.

Yangi tafsilotlarning katta qismi yangilik emas. Masalan, modelning nam va changdan himoyalangan korpusga ega bo‘lishi allaqachon oshkor bo‘lgan. Ekran ostidagi mexanik tugma o‘rnini egallaydigan Force Touch texnologiyali sensorli “uy” tugmachasi to‘g‘risida Mark Moskovits yaqindagina eslatib o‘tgan edi. Endi esa ushbu g‘oyani osmonostilik axborot manbasi ham tasdiqladi

Avvalgi 6s bilan solishtirilganda, yangi iPhone 7 dizaynida boshqa keskin o‘zgarishlar kutilayotgani yo‘q. Faqatgina iPhone palitrasiga yangi — “jilosiz qora” (matovoy) rangining paydo bo‘lishi aytilmoqda.

KGI Securities tahlilchisi Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo)ning ta’kidlashicha, yangi “olmafon”lar ham ular savdosini qulashdan qutqara olmaydi. Ekspertning qat’iy ravishda tasdiqlashicha, iPhone 7 iste’molchilarda taassurot qoldirmaydi. Ular yangi “ayfon”ni iPhone 6 / 6s`ning yangilangan talqini sifatida qabul qilishadi. Faqatgina bunda simsiz quvvatlash texnologiyasi, stereodinamika va kattaroq sig‘imli akkumulyator qo‘shiladi xolos. Shuningdek, odatiy 3,5 millimetrli audiochiqish teshigining mavjud emasligi farq qiladi. Zero Apple o‘zining yangi avlod smartfonlarida simli quloqchinlarni o‘z gadjetlariga ulashning an’anaviy uslubidan voz kechishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!