Apple iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlariga talab kutilganidan yuqori

Apple iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlariga talab kutilganidan yuqori

Apple’ning qora oniks rangdagi yangi smartfonlari butkul sotilib ketdi. Endilikda ushbu rangdagi smarfonlar, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, faqat noyabr oyida sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, Apple iPhone 7 Plus modeli ham Apple Store‘larda sotib tugatilgan. iPhone 7‘ning qora oniks rangli versiyasini ham hozircha xarid qilib bo‘lmaydi. Hatto Apple Store do‘konlarining oldida chodir tikib navbatga turgan muxlislar ham yuqoridagi modellarni sotib ololmaydilar. Bu smartfonlar shunchaki juda tez sotilib ketgan, xolos.

Buyuk Britaniyada esa barcha rangdagi va versiyadagi iPhone 7 va iPhone 7 Plus modellari sotib tugatilgan.

Ammo Apple Watch Series 2 barcha mamlakatlarda xarid qilish mumkin. Apple‘ning Mashable nashriga bergan xabarida iPhone 7‘ning qora oniks rangli varianti hali-beri do‘konlarda paydo bo‘lmaydi, boshqa rangdagi versiyalar esa cheklangan miqdorda sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, qora oniks rangli iPhone 7 va iPhone 7 Plus 9 sentyabrda buyurtmalar ochilgandan so‘ng sanoqli daqiqalarda sotilib ketgan edi. Endilikda ushbu rangdagi telefonlar buyurtma asosida faqat 3-5 haftada yetkazib berilishi aytilgan.

Hozircha kompaniya jahonda sotilgan yangi iPhone’larning aniq miqdorini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, do‘konlarda muayyan rangdagi iPhone 7 va iPhone 7 Plus modellarining mavjud emasligi ularga bo‘lgan talabning juda yuqoriligidan dalolat qiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!