Bu safar rasman: Apple o'zining iPhone'larini USB-C bilan chiqarishini tasdiqladi

Bu safar rasman: Apple o'zining iPhone'larini USB-C bilan chiqarishini tasdiqladi

Apple kompaniyasi o'z iPhone'larini USB-C bilan chiqarishini rasman tasdiqladi. Bu haqda kompaniya dunyo bo'ylab marketing bo'limining bosh vitse-prezidenti, Greg Josviak xabar berdi.

Joanna Stern, The Wall Street Journal jurnalisti WSJ Tech Live konferensiyasida Yevropa Ittifoqining USB-C o'tish qonuni haqida gap ochdi va Josviakdan kompaniyaning o'z iPhone'laridan Lightning portini olib tashlashishi ehtimoli haqida so'radi.

"Shubhasiz, biz rioya qilishimiz kerak; boshqa tanlovimiz yo'q" deydi Greg Josviak.

Shuningdek, qachon biz USB-C portiga ega iPhone'ni ko'rishimiz mumkinligi haqida so'ralganida Josviak "yevropaliklar (qonunchilar) yevropalik mijozlar uchun vaqtni belgilaydilar" deya javob bergan. Ta'kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi qonuniga ko'ra, barcha mobil telefonlar va planshet 2024-yilning kuzigacha USB-C'ga o'tishlari kerak.

Apple o'z qurilmalarida port alishtirishga majburlanayotganligidan xursand emasligini ma'lum qilingan. Kompaniya YI qoidalariga amal qilishini aytishdan avval Josviak Apple nima uchun "o'z yo'lidan yurishini" va injinerlariga ishonishini haqida ko'p gapirgan. Uning qo'shimcha qilishicha, Lightning'dan USB-C'ga o'tish ko'plab elektron chiqindilarga sabab bo'ladi.

Apple USB-C'ga o'tmasligi ehtimoli ham yo'q emas. Mish-mishlarga ko'ra, kompaniya 2024-yilgacha simsiz quvvatlanadigan portsiz iPhone ishlab chiqarishi ham mumkin.

O'QING: One UI 5 yangilanish jadvali chiqarildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!