Apple iPhone X savdosi bo‘yicha bayonot berdi

Apple iPhone X savdosi bo‘yicha bayonot berdi

Apple korporatsiyasi bugun start olgan iPhone X'ga avvaldan buyurtma berish jarayonlari to‘g‘risida bayonot berdi. Unda qayd etilishicha, 10 yillik ayfonni xarid qilish istagia bo‘lganlar soni haddan tashqari ko‘p.

Yangi ayfonga buyurtma olish boshlanganidan so‘ng bir necha soat ichida aksiyalar bahosi 3 foizga qimmatlashgan. Kompaniya tarixidagi eng qimmat ayfonning ilk partiyasi Apple'ning veb-sayti orqali 10 daqiqaga qolmay buyurtma qilindi. 

"Biz xaridorlarning yangi ayfonga ehtiyoji haddan tashqari ko‘p ekaniga guvoh bo‘ldik. Va, imkon qadar har bir xaridorga tez fursatlarda inqilobiy gadjetimizdan yetkazib berish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", deyiladi Reuters agentligiga berilgan intervyuda.

Aksiyalar bahosi o‘smoqda
13 sentyabrda Apple kompaniyasi aksiyalari narxi kompaniyaning yangi mahsuloti iPhone X taqdimotidan keyin 163,54 dollardan 159,51 dollargacha tushib ketgan edi. Shuningdek, 23 sentyabrda Apple Inc. kompaniya aksiyalari oxirgi 17 oy ichidagi eng katta yo‘qotishga uchraganini, aksiyalar oxirgi savdolar vaqtida 1,5 foizga, hafta boshidan esa 5,2 foizdan ko‘proqqa arzonlashganini aytgan edi.

O‘qing: iPhone X'ning 6 muhim innovatsiyasi

Yuqori qismida o‘yig‘i bor displey ishlab chiqarish, iPhone X antennasi uchun yupqa bosma plata tayyorlash, bosh kamera ob’yektivi, qiyofani taniydigan TrueDepth kamerasini ishlab chiqarish va yetkazib berishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar tufayli kompaniya bu yilgi eng ilg‘or smartfonini har yilgidan kamroq tirajda sotuvga chiqarmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!